08:04 / 19.04.2018
2 950

Ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga vohada Texnik direktor lavozimida ish boshladi

Ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga vohada Texnik direktor lavozimida ish boshladi
Xabaringiz bor, O‘zbekicton futbol assotsiatsiyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida xorijlik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilib, ularning tajribasidan keng foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bolalar futboli bo‘yicha hududlarda faoliyat olib boradigan bir qator xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida, ko‘p yillar davomida "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan, Ispaniya Kubogi sohibi, "Atletiko" va "Real" Madrid akademiyalarida faoliyat yuritgan Kiko Zuniga bilan shartnoma imzolanib, u vohada Texnik direktor sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

O‘FAda mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishda PFL rahbari Omon G‘ofurov va futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Kiko Zunigani O‘zbekistonga olib kelishidan asosiy maqsad, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Samarqand va Jizzax shaharlaridagi mavjud imkoniyatdan foydalanib, murabbiylar malakasini oshirish, bolalar o‘rtasida tizimli musobaqalarni yo‘lga qo‘yishdir.

Omon G‘ofurov O‘FA va PFLning istiqbolli rejasi bilan tanishtirib chiqar ekan, Kiko Zunigadan chekka-chekka qishloqlarda ham futbol bo‘yicha yuqori saviyadagi ta’lim tizimini tashkil qilish kerakligini takidlab o‘tdi.

Bundan avval ham yurtimizda bo‘lgan mutaxassis O‘zbekistonda iste’dod egalarining ko‘pligini takidlab o‘tdi. Faqat ular bilan ishlash lozimligi, buning uchun avval o‘ziga biriktirilgan viloyatlar bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerakligini aytdi.

"Men avvalo hududlarni o‘rganib chiqishim kerak. Bolalarni futbolga talpinayotganliklarini ko‘rib turibman. O‘zbekistonga shunchaki ishlagani kelmadim. Agar terma jamoangiz Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, men ham shu loyihada ishtirok etgan kishi sifatida ishimdan qanoat xosil qilgan bo‘laman. Aks holda o‘z ishimni qoniqarsiz baholayman. Vohada ishga kirishdim. Biroz vaqt o‘tgach o‘z dasturimni amalga oshirishga kirishaman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Kiko Zuniga nafaqat bolalar futboli bilan, balki o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarining bosh murabbiylariga hududdagi seleksioner murabbiy sifatida ham o‘z yordamini beradi va O‘FA tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarida o‘z dasturlari bilan chiqish qilib boradi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga vohada Texnik direktor lavozimida ish boshladi