14:04 / 19.04.2018
3 519

Shota Arveladze safardagi birinchi g‘alaba qo‘lga kiritilishiga umid qilmoqda

Shota Arveladze safardagi birinchi g‘alaba qo‘lga kiritilishiga umid qilmoqda
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Metallurg" bilan uchrashuv arafasida "sherlar"ning tayyorgarligi va raqib xususida fikrlarini bildirdi.

"Biz bellashuvga yaxshi hozirlik ko‘rdik. Barcha yigitlar o‘yinga yetarli darajada ishtiyoqqa egalar va g‘alabani ko‘zlashmoqda. "Metallurg" yetarlicha shakllangan jamoa. Ular qayd etayotgan natijalar tasodif emas. Jamoa o‘yinda doim oxirigacha kurashishga intiladi.

Tarkibida tajribali futbolchilarga ega. Shu bilan birga raqib safida yosh va iqtidorli o‘yinchilar bor. Shunday ekan, qiziqarli o‘yin bo‘lishini kutyapman. Biz mazkur bahsdan safardagi birinchi muvaffaqiyatni umid qilyapmiz. Qiyin bo‘lishi aniq, ammo biz oxirigacha harakat qilamiz", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Metallurg" va "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi Superliga 7-tur uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze safardagi birinchi g‘alaba qo‘lga kiritilishiga umid qilmoqda