06:30 / 20.04.2018
4 294

Ulug‘bek Baqoyev: "2-taymda nimalar bo‘lganini o‘zim ham tushunmay qoldim"

Улуғбек Бақоев: "2-таймда нималар бўлганини ўзим ҳам тушунмай қолдим"
O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan «Buxoro» - «AGMK» (4:2) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Buxoro” ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘yindan so‘nggi fikirlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Buxoro" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Avvalo muxlislarimizga bizni qo‘llab quvvatlashgani uchun alohida raxmat aytaman va yigitlarga o‘yinda bo‘sh kelmay, ruhan cho‘kmay g‘alabaga ishonib oxirigacha maromiga yetkazib o‘ynashgani uchun ulardan minnatdorman.

To‘g‘risini aytsam, menimcha “Triller” o‘yin bo‘ldi desam adashmayman. Biz kubok o‘yinida 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edik. Bu yigitlarga ta’sirini o‘tkazgan edi albatta. Lekin bugun ular, barchasi bir yoqadan bosh chiqarib g‘alaba uchun kurashdi. Bunaqa natijani to‘g‘risi o‘zim ham kutmagan edim ochig‘i. Ikkinchi bo‘limda nimalar bo‘lganini o‘zim ham tushunmay qoldim (kuladi). AGMK jamoasiga esa kelgusi uchrashuvlarida omad tilayman", - deb aytib o‘tdi Baqoyev.

Arslanmurat Amanov: Avvalo muxlislarga rahmat. Ularning daldasidan so‘ng g‘alaba qozonmasak bo‘lmas edi. To‘g‘risi bugun ikkita goldan so‘ng ancha ruhan siniqdik. Lekin yigitlar bilan kerakli paytda kerakli taktikalarni qo‘llab bu vaziyatdan chiqdik va buni uddaladik. Kubok o‘yinidan so‘ng g‘alaba qozonishimish shart edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "2-taymda nimalar bo‘lganini o‘zim ham tushunmay qoldim"