13:06 / 20.04.2018
3 560

Shota Arveladze: "Chiroyli va hujumkor futbol namoyish etdik"

Шота Арвеладзе: "Чиройли ва ҳужумкор футбол намойиш этдик"
Bekoboddagi uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o‘yin to‘g‘risida fikrlarini aytib o‘tdi.

- Biz o‘zimiz xohlagandek chiroyli va hujumkor futbol namoyish qildik. Ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik hamda ulardan unumli foydalana oldik. Aynan shu jihat yirik g‘alaba qozonishimizni ta’minladi. Biz ko‘rsatishni istaydigan o‘yinni namoyish qilishga urindik. Yigitlardan o‘yin va g‘alaba uchun minnatdorman.

"Metallurg" yaxshi jamoa. Ular istalgan raqibga jiddiy muammo yarata olishadi. Ijaraga olingan futbolchilarning maydonga tushmagani raqibga qiyinchilik tug‘dirganini ta’kidlashim joiz. Menimcha, bu jamoa hali o‘zining kuchli taraflari ko‘p ekanini isbotlaydi.

Manba: www.pakhtakor.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Chiroyli va hujumkor futbol namoyish etdik"