22:30 / 20.04.2018
4 398

Mirjalol Qosimov: "Xatto Braziliya ham "Navbahor"ga qarshi safarda qiynalsa kerak"

Миржалол Қосимов: "Хатто Бразилия ҳам "Навбаҳор"га қарши сафарда қийналса керак"
"Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi va yarim himoyachisi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘yin chiroyli bo‘ldi. "Navbahor"ga qarshi safarda o‘ynash menimcha Braziliyaga ham oson emas. Lekin mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylamayman. Shogirdlarim juda yaxshi harakat qilishdi. "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Hayot davom etadi. Shunday o‘yinlar bizni yanada kuchli qiladi.

"Navbahor"ning 12-o‘yinchisi, ya’ni muxlislari juda kuchli. Ular raqiblarga bosim qilib turishadi. Futbol shunisi bilan qiziq. O‘yin so‘nggida biroz bo‘shashdik, hakam xushtagini chalmagucha to‘xtab qolish kerak emas.

Mag‘lubiyatni Rustam Ashurmatovning jarohat olishi bilan bog‘lash kerak emas. Uning o‘rniga tushgan Islom Qobilov ham yaxshi o‘ynadi. Hakam qancha daqiqa qo‘shib bersa shuncha o‘ynash kerak.

Biz har bir bahsdan oldin raqib o‘yinini tahlil qilamiz. "Navbahor"ning kuchli tomonlarini bilardik. Ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydi, uzun paslar bilan harakat qilishadi. Turg‘unboyev va O‘runov, Aliyev kabi yarim himoyachilar juda yaxshi o‘ynashadi. Standart vaziyatlarda uch nafar legioner yaxshi harakat qilishadi. Bizda esa baquvvat 2 metrga yaqin bo‘yga ega futbolchilar yo‘q", - deydi Mirjalol Qosimov.

"O‘yindan oldin murabbiylarimiz og‘ir bo‘lishini aytishgandi. Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Ammo keyingi bahslarda g‘alaba qozonishga urinamiz", - deydi Sardor Sobirxo‘jayev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Xatto Braziliya ham "Navbahor"ga qarshi safarda qiynalsa kerak"