Alisher Usmonov: Bugun «Arsenal» klubi tarixidagi juda qayg‘uli kun

  • Sport
  • 21-04-2018, 12:30
  • 1 042
  • Алишер Усмонов: Бугун «Арсенал» клуби тарихидаги жуда қайғули кун
    «Arsenal» klubining yirik aksioneri o‘zbekistonlik Alisher Usmonov londonliklar bosh murabbiyi Arsen Vengerning jamoani tark etishi haqidagi qarorini sharhlab o‘tdi.

    «Bugun «Arsenal» futbol klubi tarixidagi juda qayg‘uli kun: klub afsonaviy va sodiq murabbiyidan ajralishi e’lon qilingan kun.

    Men uzoq yillar mobaynida Vengerga qoyil qolib keldim va bu hech kimga sir emas. U bizning klubda inqilobni yuzaga keltira oldi.

    Arsen Vengerning Yevropa futbolidagi eng yaxshilaridan bo‘lgan murabbiylik faoliyati shak-shubhasiz uzoq yillar yashaydi. Men uning kelajakdagi ishlariga omad tilayman.

    Va albatta, Vengerning o‘rinbosariga uning ananalarini davom ettirishi va futbol maydonida zafarlarga erishishini tilab qolaman», – deydi Usmanov.

    Manba: www.uff.uz

    » » Alisher Usmonov: Bugun «Arsenal» klubi tarixidagi juda qayg‘uli kun
    Яндекс.Метрика