Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi

  • 21 aprel 2018, 16:53
  • 2 322
  • Sport
  • Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi
    Foto: «Olamsport»
    Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlarning professional ringdagi ikkinchi janglarini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

    Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazsa, Murodjon Ahmadaliyev esa ikkinchi jangida amerikalik Jorj Ruizga qarshi ringga chiqadi.

    Ikkala jang ham ertaga, 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Janglar Toshkent vaqti bilan tong soat 06:00 da boshlanadi. Janglarga Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qiladi.

    «Olamsport»ning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonlik ikkala bokschining jangi Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etadi.

    Ma’lumot uchun G‘iyosovning raqibi Gabor Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

    Ahmadaliyevning raqibi Jorj Ruiz esa bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.​ Murodjon xuddi Shahram kabi 10 mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi