Umid Ahmadjonov: "Superliganing yubiley 10-turida har bir stadionda muxlislarni supersovg‘a — Iphone 8 kutmoqda"

  • Sport
  • 21-04-2018, 19:15
  • 401
  • Умид Аҳмаджонов: "Суперлиганинг юбилей 10-турида ҳар бир стадионда мухлисларни суперсовға — Iphone 8 кутмоқда"
    Superliga 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayramlari tashkil etilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘ziga xos yubiley turda stadionlarga tashrif buyuradigan muxlislarni yana bir supersovg‘a kutayotgani haqida aytib o‘tdi.

    “Superliga o‘z nomiga mos ravishda super musobaqaga aylanib bormoqda. Avvalgi yillarga o‘xshab endi favorit sifatida e’tirof etiladigan jamoalar osonlik bilan ochkolarni qo‘lga kiritishmayapti. Jamoalar uchrashuvlarda ajoyib iroda, shijoat va shiddat namoyish qilishyapti. Buni hisobda ortda borayotgan jamoalarning qahramonlik ko‘rsatib, yakunda g‘alaba qozonayotgani, o‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha ayovsiz kurash kechib, g‘alaba gollari hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilayotganidan ham ko‘rsa bo‘ladi.

    Superliganing 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayrami tashkil qilinadi. Superliga titul homiysi “PEPSI”kompaniyasining sovg‘alaridan tashqari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham muxlislarga o‘ziga xos supersovg‘a taqdim qilishga qaror qildi.

    Superligaga 10-turidan o‘rin olgan o‘yinlar yakuniga yetganidan so‘ng 6ta stadionning har birida o‘ziga xos lotoreya tashkil qilinadi. Lotoreyada omadi kelgan ikki nafardan muxlisga Iphone 8 smartfoni taqdim qilinadi.

    Futbol muxlislar uchun. Stadionga qancha ko‘p muxlis tashrif buyursa, o‘yinlar ham shunga yarasha shiddatli va murosasiz kechadi”, - deydi Umid Ahmadjonov.

    Demak, Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring, o‘zingizni sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va supersovg‘alarga ega bo‘ling!

    » » Umid Ahmadjonov: "Superliganing yubiley 10-turida har bir stadionda muxlislarni supersovg‘a — Iphone 8 kutmoqda"
    Яндекс.Метрика