Boks. Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi (video)

  • 22-04-2018, 10:05
  • 1 610
  • Sport
  • Boks. Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi (video)
    Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlarning professional ringdagi ikkinchi janglarini o‘tkazdi. Janglarga Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qildi.

    Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazdi. Jang olti raund davom etdi. Shahram ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi. Shunday qilib G‘iyosov prof ringdagi ikkinchiga g‘alabasiga erishdi.

    Murodjon Ahmadaliyev esa ikkinchi jangida amerikalik Jorj Ruizga qarshi ringga chiqdi. Jangning 6-raunidida Ahmadaliyevning zarbalariga dosh bera olmagan Ruiz nokautga uchradi. Shu tariqa Ahmadaliyev ikkinchi jangida ham muddatidan avval nokaut bilan g‘alaba qozondi.

    Ma’lumot uchun G‘iyosovning raqibi Gabor Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragandi (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

    Ahmadaliyevning raqibi Jorj Ruiz esa bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.​ Murodjon xuddi Shahram kabi 10 mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

    » » Boks. Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi (video)