“Barselona” “Sevilya” darvozasiga 5 ta gol urib, Ispaniya kubogi sohibi bo‘ldi (video)

  • Sport
  • 22-04-2018, 12:30
  • 462
  • «Барселона» «Севилья» дарвозасига 5 та гол уриб, Испания кубоги соҳиби бўлди (видео)
    Ispaniya kubogi 2017/18 yilgi mavsumining final bellashuvi yakuniga yetdi. “Atletiko Madrid”ning uy stadioni Vanda Metropolitano’da “Barselona” “Sevilya” bilan bahs olib bordi.

    O‘yin “Barselona”ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

    Uchrashuvning 14-daqiqasida Luis Suares hisobni ochdi. 31-daqiqaga kelib Leo Messi farqni 2 taga oshirdi. 40-daqiqada esa yana Luis Suares gol kiritib, dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida “Barselona”ni yozda tark etadigan Andres Inyesta ham gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindagi so‘nggi gol penaltidan kirtildi. Gol muallifi Filippe Koutino.

    Shu tariqa “Barselona” Ispaniya kubogini o‘z tarixida 30 marta qo‘lga kiritdi. Bu Ispaniyada mutlaq rekord hisoblanadi.

    Ispaniya kubogi
    Final bellashuvi

    “Sevilya” – “Barselona” 0:5

    Gollar:
    0:1 – 14 Suares, 0:2 – 31 Messi, 0:3 – 40 Suares, 0:4 – 52 Inyesta, 0:5 – 69, penalti Koutino.

    “Sevilya”: Soriya, Langle, Merkado, Eskudero, Navas, Nzonzi, Banega, Vaskes (Nolito, 86), Sarabiya (Layyun, 82), Korrea (Sandro Ramires, 46), Muriel.

    “Barselona”: Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Dembele, 82), Serji Roberto, Rakitich, Buskets (Paulino, 76), Inyesta (Denis Suares, 88), Messi, Suares.

    Ogohlantirishlar: Merkado (34), Eskudero (38), Inyesta (67), Buskets (74), Vaskes (74).

    » » “Barselona” “Sevilya” darvozasiga 5 ta gol urib, Ispaniya kubogi sohibi bo‘ldi (video)
    Яндекс.Метрика