O‘zbekiston xokkeychilari Dubayda xalqaro turnir g‘olibi bo‘lishdi (foto, video)

  • Sport
  • 22-04-2018, 19:25
  • 695
  • Ўзбекистон хоккейчилари Дубайда халқаро турнир ғолиби бўлишди (фото, видео)
    Xokkey bo‘yicha Toshkentning «Binokor» jamoasi Dubaydagi xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

    23 davlatdan 23 ta jamoa qatnashgan musobaqada O‘zbekiston jamoasi final bahsida Rossiyaning «Moskva pingvinlari» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

    «Binokor» jamoasi musobaqani A guruhida boshladi. Guruhda Shvetsiya, Finlyandiya va Rossiya jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Uchta uchrashuvning 2 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lishsa, 1 tasida durang qayt etishdi.

    Foto: Alisher Azimov

    Foto: Alisher Azimov

    Foto: Alisher Azimov

    Jamoa bosh murabbiyi Alisher Azimovning ta’kidlashicha, o‘zbek jamoalari ilk bor bunday katta musobaqa g‘olib bo‘ldi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoa tarkibida 18-20 yoshli yigitlar harakat qilgan va haqli tarzda musobaqada g‘olib chiqishgan.
    Ташкентская команда "Бинокор" стала победителем международного клубного турнира в Дубае

    В финале ташкентская команда "Бинокор" встретилась с российскими спортсменами из клуба "Московские пингвины" и выиграла 3:1, став, таким образом, чемпионом турнира.

    Опубликовано Sputnik Узбекистан: новости и события дня 22 апреля 2018 г.

    » » O‘zbekiston xokkeychilari Dubayda xalqaro turnir g‘olibi bo‘lishdi (foto, video)
    Яндекс.Метрика