O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada xalqaro musobaqada ishtirok etadi

  • 23 aprel 2018, 15:51
  • 1 953
  • Sport

  • O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan olimpiya terma jamoasining bo‘lajak musobaqalarda, xususan 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

    Tayyorgarlik doirasida turli yig‘inlar uyushtirilib, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining xalqaro musobaqalarda ishtiroki ta’minlanmoqda.

    Jumladan, 2018 yil 27 apreldan 3 maygacha Indoneziyaning Chibinong shahrida Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag‘ishlangan “PSSI 2018 – Yubiley kubogi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan birgalikda Indoneziya, KXDR hamda Bahrayn terma jamoalari ishtirok etadi. Ayni vaqtda bu musobaqa joriy yilning avgust oyida boshlanadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini ham o‘taydi.

    Ushbu musobaqaga tayyorgarlikni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun 23 apreldan “Chig‘atoy” sport bazasida boshlaydi. “Yubiley kubogi”ga olimpiya terma jamoasi quyidagi tarkibda yo‘l olmoqda:

    Darvozabonlar:

    Botirali Ergashev – “Navbahor”
    Umidjon Ergashev – “Nasaf”

    Himoyachilar:
    Husniddin Aliqulov – “Mash’al”
    Husniddin G‘ofurov – “Neftchi”
    Abubakr Muydinov – “Bunyodkor”
    Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”
    Ilxomjon Alijonov – “Surxon”
    Doniyorjon Narzullayev – “Nasaf”
    Avazbek O‘lmasaliyev – “Neftchi”

    Yarim himoyachilar:
    Abdulla Abdullayev – “Bunyodkor”
    Sanjar Qodirqulov –“ Bunyodkor”
    Sharof Muhitdinov – “Nasaf”
    Suxrob Nurulloyev – “Metallurg”
    Oybek Rustamov – “Qo‘qon – 1912”
    Nurillo To‘xtasinov – “So‘g‘diyona”

    Hujumchilar:
    Islom Kenjaboyev – “Nasaf”
    Andrey Sidorov – “Qizilqum”
    Azizbek Amonov – “Lokomotiv”

    Manba: www.the-uff.com

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada xalqaro musobaqada ishtirok etadi