17:01 / 23.04.2018
2 997

BAA matbuoti: Osiyo kubogi-2019 g‘olibligiga asosiy da’vogar bu - O‘zbekiston

BAA matbuoti: Osiyo kubogi-2019 g‘olibligiga asosiy da’vogar bu - O‘zbekiston
Xabaringiz bor, kelasi yilning 5 yanvaridan - 1 fevraligacha BAA davlatida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Unda oltita guruhda terma jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

Ushbu musobaqaga ham o‘ziga xos e’tibor qatarilgan. Har holda u ham to‘rt yilda bir marta bo‘ladi.

Biz mezbon davlat matbuotini kuzatar ekanmiz, yaqinda O‘zbekiston futboliga befarq bo‘lmagan bir xabarga ko‘zimiz tushdi. Mamlakatda chop etilayodigan Arabian Business, Gulf News, Sport 360 hamda Daily sports nashrlari BAA termasi haqida hozirdanoq katta maqolalarni chop etmoqda. Ular o‘z termalarini tanqid ostiga ham olishgan. Shu bilan birga musobaqa favoritlarini ham sanab chiqishgan.

"Bu yil Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionatida qit’amiz grandlari bo‘lgan - Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda Eron termalari anchagina kuch sarflashadi. Bu tabiiy holatdir. Ular yana olti oydan keyin bo‘ladigan Osiyo kubogiga jiddiy qaramasliklari ham mumkin. Yoki yoshargan tarkibni olib kelishlari etimoldan yiroq emas.

Aksincha, JCh-2018ga bora olmagan termalardan ko‘p narsa kutsa bo‘ladi. Masalan, Marchelo Lippisi bor Xitoy bunga misol bo‘la oladi. Yon qo‘shnimiz Qatarda ham katta maqsadlarni kutish mumkin. Ularda bunga barcha sharoitlar bor.

Lekin, yana bir terma borki, undan hamma narsa kutsa bo‘ladi. Bu - O‘zbekiston!

Aslida, jiddiy salohiyatga ega bu terma jamoadan doim omad yuz o‘girib keladi. Ular ham xuddi bizdek eng kerakli paytda g‘alaba qozona olishmaydi. Lekin, bu yildan o‘zbek futboli oldinga siljishga erishgan. Ular "sparring" raqib sifatida kuchli termalar bilan o‘ynashmoqda. Boz ustiga, O‘zbekistonda avlodlar almashinuvi deyarli yakunlandi. Jamoa katta tajribaga ega.

Shunday ekan, OK-2019 favoritlaridin biri so‘zsiz O‘zbekiston bo‘ladi. Shu jumladan, BAA ham kamida finalgacha borishi kerak", - degan ma’noni o‘qish mumkin nomlari yuqorida tilga olingan narshlarning sport ruknidagi xabarlarda.

Biz ham o‘z navbatida umid qilamiz, termamiz shtabi kerakli xulosalarni chiqarishadi va Osiyo kubogida musnosib ishtirok etishadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA matbuoti: Osiyo kubogi-2019 g‘olibligiga asosiy da’vogar bu - O‘zbekiston