21:45 / 24.04.2018
2 561

“Neftchi” – “Metallurg” o‘yinida hisob ochilmadi

“Neftchi” – “Metallurg” o‘yinida hisob ochilmadi
O‘zbekiston milliy chempionati – Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Neftchi” hamda “Metallurg” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda 0:0 hisobi qayd etilib, jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

O‘yinning asosiy qismi tengkurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoada ham darvozani ishg‘ol etishga vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, final hushtagiga qadar muxlislar gol guvohiga aylanmadilar.

Shu tariqa, “Neftchi” ochkolari sonini 3taga yetkazib, hamon musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan bo‘lsa, “Metallurg” 10 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga, 8-tur

“Neftchi” – “Metallurg” — 0:0 (0:0, 0:0)

“Neftchi”:
Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po‘latov, Otabek Ahmadjonov, Murodbek Bobojonov, Abbosbek Maxstaliyev, Abrorbek Ismoilov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Islombek Karimov, Dostonbek Tursunov.

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabixillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov, Jasur Hasanov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko, Pavel Purishkin.

Hakamlar: V.Serazetdinov (Toshkent), T.Galeyev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), J.Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi – M.Ismoilov (Toshkent).
Komissar – B.Aripov.

Foto manbasi: https://twitter.com/fcneftchiuz/media

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Neftchi” – “Metallurg” o‘yinida hisob ochilmadi