22:56 / 24.04.2018
3 076

Shohjahon Ergashev: “Men xalqimning duosini olgan yigitman!”

Шоҳжаҳон Эргашев: "Мен халқимнинг дуосини олган йигитман!"
Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Bruklindagi “Barclays Center” sport majmuasida 28 aprel kuni chempionlik kamari uchun xitoylik Jiming Vang bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.

Shohjahon va Jim o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 29 aprel kuni tonggi soat 04:45 da boshlanishi kutilmoqda.

Mazkur jang oldidan Sports.uz internet portali muxbiri Shohjahon bilan suhbatlashdi.

– Xitoylik raqibingiz haqida nima deya olasiz?
– Jimning yosh mendan katta bo‘lishiga qaramasdan u ham tezkor bokschi hisoblanadi. U bugunga qadar 12 jang o‘tkazib, ularning o‘ntasida g‘alaba qozongan. Uning seriyali zarbalari biroz kuchli. Lekin biz uning har bir uslubiga qarshi jiddiy tayyorlandik.

– Shohjahon ushbu jangga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqdasiz?
– Janglarga doimgidek, murabbiyim Rik Filipis qo‘l ostida AQSHning Detroyt shahrida tayyorlanmoqdaman. 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan bahsga doimgidek texnik va taktik, tezkorlikni oshiruvchi mashqlarni bajarmoqdaman. Shuningdek, Jim kabi jang qiladigan bir necha bokschi bilan sparring janglar o‘tkazmoqdamiz. Mashg‘ulotlarimiz har kuni 5 soatdan ko‘proq bo‘lmoqda. Nafaqat boksda, balki sportning barcha turlarida sportchining jismoniy holati yaxshi bo‘lishi kerak. Buning uchun esa tinimsiz mehnat, g‘alabaga bo‘lgan intilish juda muhimdir. Men bo‘lajak jangga tayyorman!

– Faoliyatingiz davomida 12 jangni nokaut bilan yutgansiz. Bu yuksak g‘alabalarini qo‘lga kiritishingizga nima dalda bo‘ladi?
– Avvalo g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqim va boya aytganimdek tinimsiz mehnat. Shuningdek, onamning va boshqa yaqinlarim, xalqimizning ishonchi hamda ularning duolari menga dalda bo‘ladi. Har bir jangdan oldin O‘zbekistonimiz sharafini yanada yuksaltirishni o‘z oldimga maqsad etib qo‘yaman. Shu sababli ham men navbatdagi jangim oldidan xalqimizdan meni duo qilishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman.

– To‘g‘ri biz ham sizning g‘alaba qozonishingizga ishonamiz! Lekin jangda imkoniyatni boy berib qo‘ysangiz nima qilasiz?
– Xudo xohlasa men mag‘lub bo‘lmayman. O‘zbek o‘g‘lonlari hech kimdan kam emas va kam bo‘lmaydi. Men doimo g‘alaba haqida o‘ylayman va unga erishish uchun bor kuch g‘ayratimni ishga solaman. Yuqorida aytganimdek, men xalqni duosini olgan o‘zbek farzandiman. Shu sababli ham men g‘alaba qozonaman.

– Dastlab, raqibingiz aniq emas edi va qanday kamar uchun bellashishingiz ham noma’lum edi. Chempionlik kamari uchun jang o‘tkazishingizni bilganingizda nimalarni his qildingiz?
– To‘g‘ri boshida ko‘p narsa noma’lum edi. Ochig‘i chempionlik kamari uchun jang qilishimni bilganimda xursand bo‘ldim. Sababi, men bir umr bu jangni kutgan edim va maqsadimga erishishimga bir oz qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev: “Men xalqimning duosini olgan yigitman!”