07:32 / 26.04.2018
4 230

Professional boksga o‘tayotgan Bahodir Jalolov o‘zbekistonliklardan nima so‘radi?

Professional boksga o‘tayotgan Bahodir Jalolov o‘zbekistonliklardan nima so‘radi?
Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasining a’zosi Bahodir Jalolov professional ringdagi dastlabki jangini o‘tkazish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketgandi.

Bahodir Jalolov 24 aprel kuni ilk jangini qaysi sanada o‘tkazishi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lumot berdi.

“Assalom alaykum, vatandoshlar. Mening debyut jangimga oz vaqt qoldi. Xudo xohlasa, ilk jangim 5 may kuni kuni AQSHdagi Foxwoods Casino’da bo‘lib o‘tadi. Duo qilib turinglar, sizlarni duolaringiz menga yanada kuch beradi”, deya yozadi Bahodir Jalolov.

Demak, shu yilning 5 may kuni yana bir professional o‘zbek bokschisining debyut jangi guvohiga aylanamiz.

Bokschi debyut jangida kim bilan bellashishi haqida aniq ma’lumot bermagan. Shuni bilish maqsadida Bahodir Jalolov bilan bog‘lanmoqchi bo‘ldik, ammo u noma’lum sabablarga ko‘ra, qo‘ng‘irog‘imizni javobsiz qoldirdi.

Nima bo‘lganda ham, hamyurtimizga yangi faoliyatida omadlar tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Professional boksga o‘tayotgan Bahodir Jalolov o‘zbekistonliklardan nima so‘radi?