23:13 / 27.04.2018
4 252

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 6 kun davom etgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Unda bokschilarimiz munosib ishtirok etib, jami 1 oltin, 4 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Yarim final janglarida Jahongir Rahmonov (69 kg), Navo Tamazov (75 kg) imkoniyatni boy berib, terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini taqdim etgan bo‘lsa, bugun bo‘lib o‘tgan final janglaridan so‘ng Samandar Xolmurodov (52 kg), Temur Merjanov (81 kg), Javohir Tog‘aymurodov (-91 kg) va Jamshidbek Mahmadaliyev (-91 kg) turnirning kumush medallari bilan taqdirlanishdi.

Yagona oltin medalni esa Abdumalik Xalokov 56 kg vazn toifasida qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, xotin-qizlar bellashuvlarida 60 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Mahliyo Rahimova ham yarim finalgacha yetib kelib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi