10:27 / 28.04.2018
4 985

Jang bo‘ladi! Shohjahon Ergashev muammoni hal qildi

Jang bo‘ladi! Shohjahon Ergashev muammoni hal qildi
Foto: “boxingnews24.com”
Nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev chempionlik jangi oldidan kutilmagan muammoga duch kelgani va dastlabki vazn tortish marosimidan o‘ta olmagani haqida xabar berilgan edi.

Ergashevning vazni belgilangan 63,5 kgdan yuqori chiqqan va bu boradagi muammoni hal etish uchun unga 2-3 soat vaqt berilgandi.

“Fightnews.com” nashrining xabariga ko‘ra, Shohjahon Ergashev qayta vazn tortish marosimidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Demak, belgilangan jang bo‘ladi.

Shohjahon va xitoylik bokschi Jiming Vang o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 29 aprel kuni tonggi soat 04.45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

WBC International kamari uchun bo‘lib o‘tadigan jang “Sport” telekanali orqali translyatsiya qilinishi haqida ma’lum qilgandik.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev professional ringdagi barcha janglarida muddatidan avval g‘olib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jang bo‘ladi! Shohjahon Ergashev muammoni hal qildi