23:25 / 28.04.2018
4 386

Shohjahon Ergashev bugungi jangda yaqqol favorit

Shohjahon Ergashev bugungi jangda yaqqol favorit
Xabaringiz bor, 29 aprel tongida yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari uchun xitoylik Vang Jiminga qarshi ringga ko‘tariladi.

“Olamsport.com” nashrining xabar berishicha, mazkur jangda hamyurtimizning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Mutaxassis va muxlislar, shuningdek, bukmekerlik kompaniyalari Shohjahonni favorit sifatida e’tirof etganlar. Bukmekerlik kompaniyalari Ergashevning g‘alabasi uchun 1.03 nisbat berishgan. Xitoylik bokschining g‘alabasi uchun esa 14,5 nisbat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev ishtirokidagi jang erta tong soat 05:00dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda. Boshqa janglar natijasiga qarab, to‘qnashuv boshlanish vaqti biroz o‘zgarishi mumkin. Bahs “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev bugungi jangda yaqqol favorit