10:54 / 29.04.2018
4 162

Shohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi (video)

Shohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi (video)
Avval xabar berilganidek, bugun erta tongda o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Yengilmas charm qo‘lqop ustasi AQSHning Bruklin shaharchasida shu kungacha vakant bo‘lib turgan WBA International chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarildi. Jangda Ergashevga xitoylik Vang Jimin raqiblik qildi.

O‘n raundga mo‘ljallangan jang g‘olibi ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Barcha raundlarni yaqqol ustunlik bilan o‘tkazgan Shohjahon raqibini taslim etdi. Hakamlar 100:90, 99:91, 100:90 hisobidagi g‘alabani Shohjahonga taqdim etdi. Shu tariqda Ergashev WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun xitoylik bokschi professional faoliyati davomida bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan. Bugun u uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shohjahon Ergashev esa 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Shundan 12 tasi nokaut bilan. Shuningdek, Ergashev ilk bor jangini to‘liq o‘tkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi (video)