14:30 / 29.04.2018
3 995

Fyodor Yemelyanenko amerikalik jangchi Mir ustidan g‘alaba qozondi (video)

Fyodor Yemelyanenko amerikalik jangchi Mir ustidan g‘alaba qozondi (video)
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, “So‘nggi imperator” Fyodor Yemelyanenko Bellator chempionlik kamari uchun o‘tayotgan musobaqaning 1-davrasida amerikalik Frenk Mir ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Chikagoda o‘tgan jang Yemelyanenkoning 1-raunddagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Rossiyalikka g‘alabaga erishish uchun bir daqiqadan kamroq vaqt kifoya qildi.

41 yoshli Yemelyanenko uchun bu g‘alaba faoliyatidagi 37-g‘alaba bo‘ldi. U 2015 yilda faoliyatini tiklagandan keyin o‘tkazgan 4 ta jangda 3-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uning 38 yoshli raqibi esa faoliyatidagi 30 ta jangdagi 12-mag‘lubiyat alamini totdi.

Yemelyanenko endi musobaqaning yarimfinalida o‘z tengdoshi, amerikalik Cheyl Sonnen bilan uchrashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fyodor Yemelyanenko amerikalik jangchi Mir ustidan g‘alaba qozondi (video)