21:06 / 29.04.2018
3 510

«Vodiy derbisi» do‘stona durang bilan yakunlandi

«Vodiy derbisi» do‘stona durang bilan yakunlandi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvi yakuniga yetdi. “Vodiy derbisi” maqomida o‘tgan bahsda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Xurshidbek Asqaraliyevning 69-daqiqasida kiritgan to‘piga 84-daqiqada “Navbahor” hujumchisi Sardor Sulaymonov javob qaytardi. Shu tariqa, “vodiy derbisi”da g‘olib aniqlanmadi.

Ma’lumot uchun, “Neftchi” bugungi durrangdan so‘ng ochkolari sonini bitta (4 ochko) ga ko‘paytirib, so‘nggi o‘rinda qoldi. Namanganliklar esa 12 ochko bilan jadvalning vaqtincha 6-o‘rniga ko‘tarilishdi.

Superliga. 9-tur.

“Navbahor” – “Neftchi” 1:1.

Gollar:
Sardor Sulaymonov (84) – Xurshidbek Asqaraliyev (69).

“Navbahor”: Akbar To‘rayev, Oston O‘runov, Dilshod Jabborov (Ayubxon No‘’monov, 57), Azizbek Turg‘unboyev, Zohir Pirimov (Sardor Sulaymonov, 57), Azamat Allaniyozov, Mirzohid G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Davron Hoshimov (Behruz Sa’dilloyev, 71), Tomislav Payovich, Darko Stanoyevich.

“Neftchi”:
Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po‘latov, Murod Bobojonov (Xurshidbek Asqaraliyev, 53), Abbosbek Maxstaliyev, Abrorbek Ismoilov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Jamshid Qobulov, 80), Alisher Samatov, Islombek Karimov (Avaz Agaliyev, 90), Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Shukurali Po‘latov 18, Iskandar Shoyqulov 31, Abbosbek Maxstaliyev 49, Vitaliy Mirniy 79, Abdurahmon Abdulhaqov 80.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Vodiy derbisi» do‘stona durang bilan yakunlandi