23:48 / 02.05.2018
3 536

Yurgen Klopp: Omadsizlarni hech kim eslamaydi

Yurgen Klopp: Omadsizlarni hech kim eslamaydi
«Roma» jamoasiga qarshi YeChL yarim final bahsidan oldin «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z shogirdlariga «omadsizlarni hech kim eslamaydi» deb ogohlantirdi.

«O‘ylaymanki, odamlar yarim finaldagi omadsizlar bilan qiziqmaydi, xuddi shu narsa finaldagi kabi. Futbolda ham hayotdagi kabi, agar sen mag‘lub bo‘lishga tayyor bo‘lmasang – g‘alaba qozona olmaysan.

Agar bizning jamoa finalga yo‘l olsa, shuning o‘zi ham ajoyib natija. Lekin bu biz orzu qilgan yutuq emas, finalga chiqqan jamoa har doim nimadir ko‘proq narsa istaydi.

Bizning YeChL da ishtirokimiz kafolat qilinmagan edi, o‘tish o‘yinlarida ishtirok etdik va men bunday yo‘l bilan yarim finalgacha yetib kelgan jamoani eslay olmayman. Yigitlar o‘zlarini ajoyib ko‘rsatishdi.

Ushbu jamoa hali ham yaxshiroq o‘yin namoyish qila oladi va qo‘shimchasiga yangi yosh futbolchilarni taklif qilamiz. Chunki yuqori saviyada o‘ynash uchun ko‘proq futbolchi kerak bo‘ladi. Bir kun kelib barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan «Liverpul» jamoasi paydo bo‘ladi va unga ozgina bo‘lsa ham ahamiyatimiz bo‘lishini umid qilamiz», - deydi Klopp The Telegraph nashriga.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: Omadsizlarni hech kim eslamaydi