08:32 / 04.05.2018
3 993

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: har bir mahallada futbol maydonlari quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: har bir mahallada futbol maydonlari quriladi
Bugun Respublika “Mahalla” kengashida “Davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlarini qurilishini nazarda tutuvchi “har bir mahallada futbol maydoni” dasturini amalga oshirish mexanizmi mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlashdan iborat.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati hamda Toshkent shahridagi 56ta mahalla fuqarolari yig‘ini raislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari yoshlar orasida futbolni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda “har bir mahallada futbol maydoni” dasturining ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, ushbu loyiha bo‘yicha mahallalarda futbol maydonlari qurilishini boshlash uchun zarur vositalar bo‘yicha fikr almashildi.

Faqatgina futbol maydoni bilan cheklanib qolmay, boshqa sport turlari – basketbol, volleybol kabi sport turlari uchun ham maydonchalar, trenejerlar, ona-bola maydonchalari barpo etish kerakligi, shuningdek, maydonlarda muxlislar uchun o‘rindiqlar, kiyim almashtirish xonalari va yuvinish xonalari mavjud bo‘lishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu dastur ijrosi bo‘yicha keyingi yig‘ilish 11 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: har bir mahallada futbol maydonlari quriladi