Bugun "Osiyo kubogi-2019"ga qur’a tashlanadi

  • 04 may 2018, 10:27
  • 2 214
  • Sport
  • Бугун "Осиё кубоги-2019"га қуръа ташланади
    Bugun Dubaydagi «Armani Hotel» mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

    Qur’a tashlash marosimida O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etadi. Xususan, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov kuni kecha OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘ra qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Dubayga yo‘l oldi.

    Ahmadjonov safar davomida Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Ahmad Abdulla al-Shafar hamda BAA milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Ahmad bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan uchrashdi.

    Aytish kerakki, kelasi yilda BAAda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirokchilar soni kengaytirilib, 24 taga yetkazilgan. Terma jamoalar to‘rtta savatchaga bo‘lingan va har bir savatchada oltitadan jamoa bor. O‘zbekiston — ikkinchi savatchadan joy olgan.

    1-savatcha
    BAA
    Eron
    Avstraliya
    Yaponiya
    Janubiy Koreya
    Saudiya Arabistoni

    2-savatcha
    Xitoy
    Suriya
    O‘zbekiston
    Iroq
    Qatar
    Tailand

    3-savatcha
    Qirg‘iziston
    Livan
    Falastin
    Ummon
    Hindiston
    Vetnam

    4-savatcha
    KXDR
    Filippin
    Bahrayn
    Iordaniya
    Yaman
    Turkmaniston

    Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 20:30ga belgilangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bugun "Osiyo kubogi-2019"ga qur’a tashlanadi