Foto: www.the-uff.com
«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish borasida ko‘plab islohotlarni amalga oshiryapti», — deb yozmoqda O‘FA rasmiy sayti.
Xabarda aytilishcha, Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jumladan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Uliveri O‘FA bilan hamkorlik qilish, o‘zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O‘zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Janob Uliveri shu yilning iyul oyida O‘zbekistonga 2 nafar murabbiy intsruktorlar bilan tashrif buyurib, yoshlar jamoalarida mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi