07:22 / 06.05.2018
4 279

Bahodir Jalolovning professional ringdagi ilk jangi «Sport»da ko‘rsatiladi

Bahodir Jalolovning professional ringdagi ilk jangi «Sport»da ko‘rsatiladi
Osiyo chempioni va Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov ertaga, 6 may kuni professional boksda debyut jangini o‘tkazadi.

Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik bokschi Ugo Truxilo raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, Ugo bungacha professional faoliyati davomida 5ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (ikkitasi nokaut bilan). Bitta jangda esa durang qayd etgan.

«Olamsport» nashrining ma’lum qilishicha, AQShdagi «Foxwoods Resort Casino» arenasida o‘tkaziladigan ushbu jang ertaga tongda, soat 05:30da «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolovning professional ringdagi ilk jangi «Sport»da ko‘rsatiladi