11:36 / 06.05.2018
3 921

Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
«Real Madrid»ning Kosta-rikalik posboni Keylor Navas va «Liverpul»ning senegallik hujumchisi Sadio Mane UYeFA talqini bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida hafta o‘yinchisi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra «Real» a’zosi haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Ma’lumot uchun «Real» darvozaboni «Bavariya»ga qarshi yarim finalning javob uchrashuvida (2:2) bir nechta vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirib, o‘yin davomida 8 ta seyvni amalga oshirdi.

Sadio Mane esa «Roma»ga qarshi javob uchrashuvida hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

O‘tgan safar ushbu nom uchun Marselo hamda Muhammad Saloh kurash olib borgan edi. Yakunda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Saloh e’tirof etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi