Italiya kubogi. "Yuventus" finalda "Milan"ni yirik hisobda yengdi

  • 10 may 2018, 09:41
  • 1 844
  • Sport
  • Италия кубоги. "Ювентус" финалда "Милан"ни йирик ҳисобда енгди
    2017/18 yilgi Italiya kubogi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. "Yuventus" hamda "Milan" o‘rtasida kechgan uchrashuv turinliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi – 4:0.

    56-daqiqada Benatiya hisobni ochgan bo‘lsa, 5 daqiqa o‘tib, Duglas Kosta oradagi farqni 2 taga yetkazdi. 64-daqiqada Benatiya o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ydi. 76-daqiqada "Milan" hujumchisi Kalinich o‘z darvozasiga kiritib, o‘yindagi so‘nggi golni kiritdi.

    "Yuventus" qatorasiga 4-marotaba, umumiy hisobda esa 13-bor Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. "Milan" esa ushbu musobaqada 5 marotaba g‘olib bo‘lgan.

    Yuventus – Milan 4:0

    Gollar:
    1:0 – 56 Benatiya, 2:0 – 61 Duglas Kosta, 3:0 – 64 Benatiya, 4:0 – 76, avtogol Kalinich.
    Yuventus – Buffon, Kuadrado, Bardzali, Benatiya, Matyuidi, Asamoa, Xedira, Pyanich (Markizio, 87), Duglas Kosta (Bernardeski, 73), Dibala (Iguain, 83), Manjukich.
    Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Lokatelli (Montolivo, 80), Chalxanoglu, Kessie, Suso (Borini, 68), Kutrone (Kalinich, 62).
    Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (61), Kalabriya (73).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Italiya kubogi. "Yuventus" finalda "Milan"ni yirik hisobda yengdi