19:09 / 15.05.2018
4 044

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi tarkibi e’lon qilindi
Shu yilning 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. O‘FA rasmiy saytida ushbu o‘yin uchun tanlangan tarkib e’lon qilindi.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan Eron bilan bo‘ladigan o‘yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tab berishi aniq.

Ushbu o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi vazifasini vaqtincha bajarib turgan Temur Kapadze Eron bilan bo‘ladigan o‘yinga tanlab olgan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon – «Nasaf»
Ergashev Botirali – «Navbaxor»
Davronov Rahimjon – «Mash’al»

Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon – «Bunyodkor»
Qobilov Islomjon – «Bunyodkor»
Komilov Akramjon – «Bunyodkor»
Tursunov Doston – «Neftchi»
Alijonov Hojiakbar – «Paxtakor»
Otaxonov Abbosjon – «Metallurg»
Narzullayev Doniyor – «Nasaf»

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon – «Nasaf»
G‘aniyev Azizjon – «Nasaf»
Sidiqov Javohir – «Qo‘qon 1912»
Turg‘unboyev Azizbek – «Navbahor»
Yaxshiboyev Jasur – «Paxtakor»
Masharipov Jaloliddin – «Paxtakor»
Kenjaboyev Islom – «Nasaf»
G‘iyosov Xurshid – «Bunyodkor»
Sobirxo‘jayev Sardor – «Bunyodkor»

Hujumchilar:
O‘rinboyev Zabihillo – «Metallurg»
Sidorov Andrey – «Qizilqum»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi tarkibi e’lon qilindi