Pepsi Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” ustozi Ilhom Mo‘minjonov va jamoa hujumchisi Azamat Allaniyozov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.
Ilhom Mo‘minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi): - Uch kun oldin uchrashuv o‘tkazishgani bois, bugungi o‘yinda shogirdlarimda charchoq alomatlari bor edi. Ikkinchi bo‘limda yigitlarga shunga bog‘liq ko‘rsatma berdik va ular shunga amal qilib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Bundan xursandmiz. Bugungi bahs taqdirini zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hal qilishdi. Ayniqsa, shogirdim Azamat Allaniyozovni ajoyib o‘yin va “xet-trik” bilan tabriklayman.
“Metallurg” futbolchilari bizga qaraganda ko‘proq dam olishdi. Shuning uchun bugun 2ta bo‘limda ikki xil o‘yin guvohiga aylandik. Tanaffusdn keyin shogirdalarim o‘z irodalarini anmoyish etib, yirik hisobdagi g‘alabani tantana qilishdi.
Hujumkor futbol namoyish etish borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz raqibga qarab, taktika tanlaymiz. Bugungi bahsning ikkinchi bo‘limida hujumkor futbol namoyish etgandik, buning natijasida yirik hisobda zafar quchdik.
Azamat Allaniyozov (“Navbahor” hujumchisi): - Avvalo bugungi g‘alaba bilan barcha namanganlik muxlislarni tabriklayman. Murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini maydonda to‘liq bajarib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan xursandmiz. Maydonga bugun o‘zgacha ishtiyoqda tushgandim va gol urishimni sezgandim. Asoosiysi, jamoamizga ko‘proq foyda keltirsam bo‘ldi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonda harakatlanganimda, nechta to‘p kiritgan bo‘lardim, bilmadimu, lekin gol urishim aniq edi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?