23:05 / 16.05.2018
3 504

OChL. Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» bilan turnirni tark etdi

OChL. Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» bilan turnirni tark etdi
Osiyo Chempionlar Ligasida 1/8 final o‘yinlariga yakun yasaldi.

«Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Kashima Antlers»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo, dastlabki o‘yindagi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat shanxayliklarning musobaqadagi ishtirokiga yakun yasalishiga sabab bo‘ldi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Yana bir bahsda koreyaning ikkita klubi bellashdi. «Suvon» o‘z maydonida «Ulsan»ni 3:0 hisobida yengib, keyingi bosqichga chiqdi.

OChL, 1/8 final, javob o‘yinlari
16 may

Shanxay SIPG (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya) - 2:1
Gollar:
Halk (7, 81 pen) - Doi (42)
Dastlabki o‘yin: 1:3

Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Ulsan Hyonde (Janubiy Koreya) - 3:0
Gollar:
Kim Gun Hi (26, 31), Vaguinino (90+1)
Dastlabki o‘yin: 0:1

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» bilan turnirni tark etdi