13:18 / 17.05.2018
4 385

Boks federatsiyasi Mayk Tayson bilan aloqaga chiqmagan

Boks federatsiyasi Mayk Tayson bilan aloqaga chiqmagan
Bugun qator internet nashrlarida boks afsonasi Mayk Tayson mustaqillik bayrami arafasida Toshkentga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ularda aytilishicha, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi amerikalik sobiq jahon chempionini yurtimizga taklif qilgan va Tayson O‘zbekistonda muxlislari bilan uchrashadi, master-klass o‘tadi va matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida boks federatsiyasi bilan bog‘landik, deb yozadi Xabar nashri.

«Haqiqatan ham mustaqillik bayrami arafasida katta boks kechasi tashkil qilib, unga jahon boksi afsonalarini taklif qilishni rejalashtirganmiz. Ammo Mayk Taysonning O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlar haqiqatdan uzoq. Chunki federatsiya u bilan aloqaga chiqmagan», — dedi federatsiya matbuot xizmati vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, boks kechasiga boshqa bir taniqli sportchi Konstantin Szyu kelishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Shahzod
Shahzod 15 июня 2021 12:59
Mayk Tayson zur
Yangiliklar » Sport » Boks federatsiyasi Mayk Tayson bilan aloqaga chiqmagan