Umid Ahmadjonov Dohada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi

  • Sport
  • 20-05-2018, 11:53
  • 344
  • Умид Аҳмаджонов Доҳада ФИФА президенти Жанни Инфантино билан учрашди
    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko‘ra Doxaga jo‘nab ketgan edi.

    O‘FA xabariga ko‘ra, tashkilot 1-vitse-prezidenti Dohada JCh-2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishib, JChga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishgan. Shuningdek, Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashgan. Uchrashuv davomida Infantino O‘zbekistonda futbolni rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan, islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi, deyiladi xabarda.

    Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqish vazifasi qo‘yilgani, bu vazifani amalga oshirish uchun tayyorgalik hozirdan boshlangani haqida Infantinoga ma’lum qilgan.

    Janni Infantino amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlarni yuqori baholab, ushbu sa’y-harakatlar albatta ijobiy samara berishini, O‘zbekiston JCh-2022 ga yo‘llanma olishiga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi, deyiladi O‘FA xabarida.

    » » Umid Ahmadjonov Dohada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi
    Яндекс.Метрика