00:41 / 21.05.2018
3 851

Grizmann «Barselona» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Uni Messi ko‘ndirgan

Grizmann «Barselona» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Uni Messi ko‘ndirgan
«Barselona» «Atletiko»ga Antuan Grizmann uchun taklif qilgan shartnoma detallari ma’lum bo‘ldi.

Diario Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi rahbariyati futbolchining singlisi va agenti Mod Grizmann bilan kelishuvga erishgan.

Fransiyalik futbolchi «Barsa» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi, u yiliga 15 million yevro miqdorida maosh oladi (soliqlar chiqarib tashlanganida).

Bundan tashqari, kelishuvda o‘tkazilgan o‘yinlar soniga ko‘ra bonuslar nazarda tutilgan.

As nashri ma’lumotiga ko‘ra, Lionel Messi Antuan Grizmanni «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndirishda ishtirok etgan.

Messi Grizmannga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan va katalonlar klubiga o‘tishga ko‘ndirgan. Messi jamoa yetakchilari uni xursandchilik bilan qarshi olishini bildirgan.

Qayd etilishicha, bu qo‘ng‘iroq Grizmann «Barselona»ni tanlashida ta’sir ko‘rsatgan.

«Atletiko» Grizmannga ikki marta yangi shartnoma taklif etgan, unga ko‘ra futbolchining yillik maoshi miqdori 25 million yevroni tashkil etardi, ammo futbolchi «Barselona»ga ketish fikrida qat’iy turgan.

2017/18 yilgi mavsumda Grizmann barcha turnirlar doirasida 47 o‘yin o‘tkazgan va 29 gol urgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grizmann «Barselona» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Uni Messi ko‘ndirgan