11:21 / 21.05.2018
3 458

Messi 36 ta gol urib La Ligada "eng yaxshi to‘purar" bo‘ldi

Месси 36 та гол уриб Ла Лигада "энг яхши тўпурар" бўлди
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Ligada mavsum to‘purari bo‘ldi.

Argentinalik La Liganing 2017/18 yilgi mavsumida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi hamda 12 ta golga hammualliflik qildi.

Ikkinchi o‘rin «Real Madrid» a’zosi Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Ronaldu mavsumni 26 ta gol bilan yakunladi.

Uchinchi o‘rin esa «Barselona»ning yana bir a’zosi Luis Suaresga nasib etdi. Luis oxiriga yetgan mavsumda 25 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

Ma’lumot uchun Messi o‘tgan mavsumda ham La Ligada to‘purarlar poygasida g‘olib chiqqandi. 2016/17 yilgi mavsumda Lionel 37 gol bilan eng yaxshi bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi 36 ta gol urib La Ligada "eng yaxshi to‘purar" bo‘ldi