13:26 / 21.05.2018
4 036

Messi 5-marta “Oltin butsa” sohibiga aylandi

Messi 5-marta “Oltin butsa” sohibiga aylandi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum yakunlariga ko‘ra ikkinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Messi joriy mavsumda maydonga tushgan 36 ta o‘yinda 34 ta golga va 12 ta golli pasga mualliflik qilgan. Messi bu borada “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni (26 ta gol) ortda qoldirdi. 3-o‘rinni “Barsa”ning yana bir vakili – Luis Suares 25 ta gol bilan egalladi.

Aytib o‘tish joiz, Leo qatorasiga ikkinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari nomiga erishdi. Avvalgi mavsumda u 37 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Messi shu tariqa Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari uchun topshiriluvchi “Oltin butsa” sohibiga aylandi. U 68 ochko to‘plab, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohdan o‘tib ketdi. Saloh hisobida Angliya chempionatining 36 ta o‘yinida urilgan 32 ta gol bor. 3-o‘rinni Harri Keyn egalladi (APLning 37 o‘yinida 30 ta gol).

Messi avval bu mukofotga 2010, 2012, 2013 va 2017 yillarda sazovor bo‘lgan.

“Oltin butsa” reytingida urilgan to‘plar soni chempionatning tegishli koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Yetakchi 5 chempionatda urilgan gollar 2 ochko bilan baholanadi.

Quyida 2017/2018 yillardagi mavsum bo‘yicha yetakchi to‘purarlar o‘ntaligi keltirilgan:

1. Lionel Messi (“Barselona”) — 34 gol (68 ochko);
2. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 32 (64);
3. Harri Keyn (“Tottenxem Xotspur”) — 30 (60);
4. Robert Levandovski (“Bavariya”) — 29 (58);
5. Chiro Immobile (“Latsio”) — 29 (58);
6. Mauro Ikardi (“Inter”) – 29 (58);
7. Edinson Kavani (“PSJ”) – 28 (56);
8. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 26 (52);
9. Jonas (“Benfika”) – 34 (51);
10. Luis Suares (“Barselona”) – 25 (50).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi 5-marta “Oltin butsa” sohibiga aylandi