14:53 / 22.05.2018
3 565

Ibrahimovich raqibini urgani uchun maydondan chetlatildi (video)

Ibrahimovich raqibini urgani uchun maydondan chetlatildi (video)
Foto: Eric Bolte-USA TODAY Sports
«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich MLS’ning 12-turi doirasida «Monreal Impekt»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (1:0) qizil kartochka oldi, deb yozadi Kun nashri.

Shvetsiyalik futbolchi birinchi bo‘lim yakunida kanadaliklar yarim himoyachisi Maykl Petrassoning gardaniga qo‘li bilan zarba bergan. Bu kanadalik futbolchi Ibrahimovichning oyog‘ini bosib olganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Uchrashuv hakami videotakrorni ko‘rgan hamda Zlatanni maydondan chetlashtirish haqida qaror qabul qilgan.

«Los-Anjeles Gelaksi» ozchilikda qolganiga qaramay, g‘alaba qozondi – Ola Kamara 75-daqiqada bellashuvdagi yagona golni urdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibrahimovich raqibini urgani uchun maydondan chetlatildi (video)