09:02 / 23.05.2018
4 098

Ronaldu dunyoning eng mashhur sportchisi, Messi esa uchinchi o‘rinda​

Ronaldu dunyoning eng mashhur sportchisi, Messi esa uchinchi o‘rinda​
«Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ESPN nashri talqiniga ko‘ra, ketma-ket uchinchi bor dunyoning eng mashhur sportchisi deya topildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Reyting reklama shartnomalari, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘quvchilari va internetdagi qidiruvlar soni asosida tuzilgan.

Kuchli uchlikdan «Klivlend» basketbolchisi Lebron Jeyms va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘rin olgan.

Top-10 dunyoning eng mashhur sportchilari:
1. Krishtianu Ronaldu («Real», futbol);
2. Lebron Jeyms («Klivlend», basketbol);
3. Lionel Messi («Barselona», futbol);
4. Neymar (PSJ, futbol);
5. Rojer Federer (tennis);
6. Tayger Vuds (golf);
7. Kevin Dyurent («Golden Steyt», basketbol);
8. Rafael Nadal (tennis);
9. Stefen Karri («Golden Steyt», basketbol);
10. Fil Mikelson (golf).
Reytingda futbolchilardan Garet Beyl (19-o‘rin), Mesut O‘zil (22), Xames Rodriges (23), Zlatan Ibragimovich (25), Ueyn Runi (26), Andres Inesta (28) va Paulo Dibala (29) ham o‘rin olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu dunyoning eng mashhur sportchisi, Messi esa uchinchi o‘rinda​