19:29 / 23.05.2018
4 191

«Real Madrid»ning sobiq yulduzlari O‘zbekistonga kelishi mumkin

«Real Madrid»ning sobiq yulduzlari O‘zbekistonga kelishi mumkin
Ispaniyaning «Real» klubi akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo yurtimizga tashrif buyurib, kecha va bugun Toshkentning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirishdi, bir qator sport tadbirlarimizda ishtirok etishdi.

Mehmonlar bugun «Bunyodkor» stadionida Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashishdi. O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, «Real» klubida to‘p surgan sobiq yulduzlarni O‘zbekistonga tashrifini ta’minlash imkoniyati bor.

Andres Antonio jurnalistlarga javob qaytarar ekan, tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan yaqin hamkorlik qilish, «Qirollik klubi»ning «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, bir so‘z bilan aytganda, 115 yillik tarixga ega «Real Madrid» akademiyasi dasturlari orqali O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shish ekanligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bu bo‘yicha birinchi qadam shu yilning iyun oyida Toshkentda tashlanadi. «Real Madrid» akademiyasining tajribali uch nafar murabbiyi Toshkentga safarbar etiladi, ular 30 nafar o‘zbekistonlik bolalar murabbiylari hamrohligida 300 nafar iste’dodli yosh futbolchilarga o‘zlarining uslubiyati bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishadi. O‘z o‘rnida, saralangan 40 nafar o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Ispaniyaga safar uyushtirish, jahonning mashhur futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. «Real» klubining rasmiy o‘yinlari tig‘iz ekanligidan kelib chiqib, kelgusida «Real» klubida to‘p surgan sobiq yulduzlarni O‘zbekistonga tashrifini ta’minlash imkoniyati borligini ham gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida O‘zPFL bosh direktori «Real Madrid» akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O‘FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad «Qirollik klubi» akademiyasi ish tajribasini o‘rganish, u yerda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekanini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real Madrid»ning sobiq yulduzlari O‘zbekistonga kelishi mumkin