21:27 / 26.05.2018
3 307

Poroshenko Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishini aytdi

Poroshenko Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bugun Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishi haqida fikr bildirdi.

«Mendan kimga - «Real» yoki «Liverpul»ga ishqibozlik qilishim haqida so‘rashganida, shunday deyman - har ikki klubni qo‘llab-quvvatlayman», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi 112.ua.

Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li Mixail «Liverpul»ning ashaddiy ishqibozi sanaladi, qizi Yevgeniya esa «Real»ni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Ya’ni mening uyim har ikki klubni aniq qo‘llab-quvvatlamoqda», - deya ta’kidlab o‘tdi Poroshenko.

Chempionlar ligasi finali Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Poroshenko Chempionlar ligasi finalida kimga ishqibozlik qilishini aytdi