08:03 / 27.05.2018
3 706

Ro‘ziqul Berdiyev: Muammolar tufayli o‘yinchilarimiz safimizni tark etish istagida

Ro‘ziqul Berdiyev: Muammolar tufayli o‘yinchilarimiz safimizni tark etish istagida
Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Buxoro” - “Nasaf” (1:0) uchrashuvi nihoyasiga yetgach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va yarim himoyachimiz Aziz G‘aniyevlar ishitirok etishdi.

"Bugun o‘zimizga xos o‘yin namoyish qildik, to‘pga ko‘proq egalik qilgan bo‘lsakda, mag‘lubiyatga uchradik. “Buxoro” jamoasi qanotlarda ko‘proq hujum uyushtirishini bilar edik. Bugun ham shunday vaziyatda gol urishdi. Himoyachilarimiz biroz diqqatini yo‘qotdi natijada darvozamizdan gol qo‘yib yubordik. Umuman olganda jamoamiz qoniqarli o‘yin ko‘rsatdi, ammo natija qoniqarli bo‘lmadi.

Jamoamizni kuchaytirish haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Mavjud muammolar tufayli, ko‘p o‘yinchilarimiz safimizni tark etish istagida bo‘lmoqda. Biz ko‘proq ularni olib qolish -jamoamizni saqlab qolish haqida o‘ylayapmiz. Jamoamizda ishtiyoq yo‘qolgandir. O‘yinimizda mazmun boru, ammo ijobiy natija uchun kurashishda ishtiyoq yetishmayapti.

Ammo vaziyatdan chiqishimiz kerak. Bugungi o‘yinimizni ko‘rgan muxlislar, o‘yinchilarimizni harakat qilishmadi deb, ayta olishmaydi. Chunki, harakat qildik, ammo bugun omadimiz ham yetishmadi. Jamoamizga ishonamiz, Buni yuzaga chiqarishimiz kerak. ta’kidlaganlaringizdek salohiyatimiz yetarli. “Buxoro” yaxshi jamoa sifatida shakllangan. Tajribali va yetakchi o‘yinchilar yetarli. jamlangan. Bu orqali kerakli natijalarga erishmoqda", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Muammolar tufayli o‘yinchilarimiz safimizni tark etish istagida