21:53 / 27.05.2018
4 486

“Real” hiyla bilan Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

“Real” hiyla bilan Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning “Real” jamoasi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports.uz nashri ma’lum qildi.

Madrid klubi prezidenti Florentino Peres misrlik futbolchining xizmatlariga shaxsan qiziqish bildirgan. Mersisaydliklar Salohni 200 mln yevroga baholamoqda, ammo Peres futbolchilar almashtirish yo‘li bilan narxni tushirmoqchi.

“Qirollik klubi” Saloh uchun darvozabon Keylor Navas va qo‘shimcha pul bermoqchi. “Liverpul”da posbon muammosi borligi sababli “Real”da ushbu kelishuv amalga oshishiga ishonishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad Saloh “Liverpul”ni tark etadigan bo‘lsa, mersisaydliklar “Lion” hujumchisi Nabil Fekirni o‘z safiga qo‘shib oladi. Tomonlar dastlabki kelishuvga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” hiyla bilan Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi