00:13 / 28.05.2018
3 989

JCh-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan tanishing (foto)

JCh-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan tanishing (foto)
Biroz tanaffusdan so‘ng JCh-2018 ishtirokchilari bilan tanishtiruvni davom ettiramiz. Bugun Marokash terma jamoasi bilan tanishing!

Marokash

Konfederatsiya: KAF (Afrika futbol konfederatsiyasi). Boshqaruv usuli: Marokash qirollik futbol federatsiyasi. Ushbu terma jamoa 4 marotaba jahon chempionatining hal qiluvchi bahsida ishtirok etgan (1970, 1986, 1994, 1998). Eng yuqori yetib borgan bosqich – 1/8 finalga chiqqan (1986). Afrika millatlari kubogi sohibi (1976), 2004 yili finalchi bo‘lgan. FIFA da egallab turgan reytingi (2018 aprel) – 42. Laqablari: Atlas sherlari.

Saralash bosqichidagi yo‘l

Marokash terma jamoasi JCh-2018 final bosqichiga ikkita bosqichdan o‘tib yo‘l oldi.

Ikkinchi bosqichda o‘tish o‘yinlarida Ekvatorial Gvineya termasini ortda qoldirdi. Guruh bosqichida esa birinchi pog‘ona bilan chiqishgan va biron marotaba mag‘lubiyatga uchramagan va to‘p ham o‘tkazib yubormagan.

O‘JamoalarO‘G‘DMMO
1Marokash633011–012
2 Kot-d’Ivuar6222 7–58
3Gabon61 3 2 2–76
4Mali 6 04 2 1–94
Tarkib

Marokash terma jamoasi JCh-2018 musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Erve Renar mundialga yo‘l oladigan 23ta futbolchi va yana zaxiraga 3 futbolchini tanlab olgan. Ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Munir Muhammadi («Numansiya»), Yassin Bunu («Jirona»), Ahmed Tagnauti («Ittixad Tanjer»).

Himoyachilar: Mexdi Benatia («Yuventus»), Romen Ses («Vulverxempton»), Manuel da Koshta («Istanbul Bashakshexir»), Ashraf Xakimi («Real»), Badr Banun («Raja Kasablanka»), Xamza Mendil («Lill»).

Yarim himoyachilar: Nabil Dirar («Fenerbaxche»), Yusef Ait Bennasser («Kan»), Mexdi Karsela-Gonsales («Standard»), Karim El-Ahmadi, Sofyan Amrabat (ikkisi – «Feyenoord»), Yunes Belanda («Galatasaray»), Xakim Ziyesh («Ayaks»), Faychal Fayr («Xetafe»), Nordin Amrabat («Leganes»), Muborak Bussufa («Al-Jazira»), Amin Arit («Shalke»).

Hujumchilar: Aziz Buxadduz («Sankt-Pauli»), Xalid Butaib («Yeni Malatyaspor»), Ayyub El-Kaabi («Renessans Berkan»).

Zaxira: Ualid El-Xajam («Amen»), Nussayr Mazraui («Ayaks»), Yussef En-Nesiri («Malaga»).

Yulduz

Marokash terma jamoasining asosiy yulduzi «Yuventus» klubi himoyachisi Mexdi Benatiya. Juda ham texnik va atletik Benatia Marokash termasi tarkibida 53 ta o‘yin o‘tkazgan va 2 ta to‘p kiritishga erishdi.

Bosh murabbiy

Marokash terma jamoasini fransiyalik mutaxassis Erve Renar 2016 yilning fevral oyidan boshqarib kelmoqda. Uning bundan oldingi ish joyi «Lill» klubi edi. Bosh murabbiy lavozimida Erve Renar 2012 yili Zambiya bilan va 2015 yili Kot-d’Ivuar termalari bilan Afrika millatlar kubogini qo‘lga kiritgan.

Marokash terma jamoasi 2018 yili Afrika millatlar chempionatida g‘olib bo‘ldi va JCh-2018 ga saralandi. Uning qo‘l ostida Marokash termasi 31 ta o‘yin o‘tkazib 18 ta g‘alaba, 7 ta durang va 6 ta mag‘lubiyatga uchragan.

JCh-2018 dagi o‘yinlar

Marokash terma jamoasi JCh-2018 da V guruhida ishtirokini boshlaydi. Ilk o‘yin 15 iyun sanasida qit’adoshimiz Eron termasiga qarshi. 20 iyunda esa Atlas sherlari Krishtianu boshchiligidagi Portugaliya bilan kurashadi va guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yin 25 iyunda Ispaniyaga qarshi.

Imkoniyatlar

Marokash terma jamoasining imkoniyatlarini mutaxassislar guruhda uchinchi o‘rinni egallaydi deb tahmin qilishmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan tanishing (foto)