10:54 / 29.05.2018
3 350

Portugaliya termasi Tunis bilan jangovar durang qayd etdi

Portugaliya termasi Tunis bilan jangovar durang qayd etdi
Portugaliya va Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Munisipal de Braga» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Andre Silva portugaliyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 34-daqiqada Joau Mariu jamoasining ikkinchi golini urdi. Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Anis Badri hisobni qisqartirishga erishdi. 64-daqiqada Faxreddin Ben Yussuf o‘rtadagi muvozanatni tiklashga erishdi.

Portugaliya JCh-2018 guruh bosqichida Ispaniya, Marokash va Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Tunis esa Belgiya, Panama va Angliya bilan kuch sinashadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Portugaliya – Tunis 2:2 (2:1, 0:1)


Gollar: 1:0 – 22 Andre Silva, 2:0 – 34 Joau Mariu, 2:1 – 39 Badri, 2:2 – 64 Ben-Yussuf.

Portugaliya – Antoni Lopesh, Pepe (Fonte, 63), Gerreyru (Mariu Ruy, 46), Rikardu Pereyra (Soaresh, 72), Diash, Vilyam Karvalyu, Adriyen Silva (Fernandesh, 63), Bernardu Silva (Gonsalu Gedesh, 72), Kuarejma, Joau Mariu (Moutinyu, 80), Andre Silva.

Tunis – Assen, Xaddadi (Maalul, 46), Benaluan, Naggez, Merya, Kaui (Ben-Yussef, 46), Skiri, Sliti (Srarfi, 76), Sassi, Badri (Akayshi, 87), Xelifa (Shalali, 67).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliya termasi Tunis bilan jangovar durang qayd etdi