18:56 / 30.05.2018
4 095

Ayollar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Ayollar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi
Bugun U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi bilan birgalikda 19 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga ham qur’a tashlandi.

Ushbu saralash bosqichida U-19 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Qirg‘iziston, BAA, Guam hamda Maldiv orollari terma jamoalari bilan “S” guruhidan joy oldi.

Saralash o‘yinlari 2018 yil 20 oktyabr kunidan 29 oktyabr kuniga qadar Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.

Quyida qur’a natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

“A” guruhi: Avstraliya, Gonk Kong, Afg‘oniston, Livan, Mo‘g‘uliston

“V” guruhi: Tailand, Hindiston, Pokiston, nepal, Singapur

“S” guruhi: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, BAA, Guam, Maldiv orollari

“D” guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, Tojikiston, Bangladesh

“Ye” guruhi: Vyetnam, Iordaniya, Shimoliy Mariana orollari, Malayziya

“F” guruhi: Myanma, Eron, Falastin, Laos

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ayollar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi