04:28 / 31.05.2018
3 583

Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Avstriyaga yutqazib qo‘ydi

Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Avstriyaga yutqazib qo‘ydi
JCH-2018 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya terma jamoasi Avstriya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “Tivoli-Noy” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Alessandro Shyopf Marko Arnautovichning uzatmasidan so‘ng ruslar darvozasini ishg‘ol qildi va bu gol o‘yin taqdirini xal qildi.

Stanislav Cherchesov shogirdlari keyingi o‘rtoqlik o‘yinini 5 iyunda Turkiyaga qarshi o‘tkazadilar.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Avstriya – Rossiya 1:0 (1:0, 0:0)

Gol:
1:0 – 28 Shyopf.

Avstriya – Lindner, Dragovich, Xinteregger, Predl, Layner, Jul (Ilzanker, 80), Baumgartlinger (Grillich, 46), Kayns (Shlager, 72), Shyopf (Alaba, 58), Arnautovich (Alar, 83), Shaub (Burgshtaller, 46).

Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Granat, Fernandes (Smolnikov, 68), Kudryashov, Jirkov (Cherыshev, 64), Kuzyayev (Dzagoyev, 56), Golovin (Miranchuk, 76), Zobnin, Samedov (Miranchuk, 63), Smolov (Dzyuba, 72).

Ogohlantirishlar: Smolov (32), Granat (42).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Avstriyaga yutqazib qo‘ydi