16:55 / 01.06.2018
3 395

“Real” Zidan ishlagan 2,5 yilda transferlar uchun bor-yo‘g‘i 70,5 mln yevro sarfladi

 «Реал» Зидан ишлаган 2,5 йилда трансферлар учун бор-йўғи 70,5 млн евро сарфлади
Foto: Twitter/@goal
Kecha, 31 may sanasida Zinedin Zidan 2,5 yillik bosh murabbiylik faoliyatidan so‘ng Madridning “Real” klubini tark etdi.

Qayd etilishicha, “Real” Zidan ishlagan davrda transferlar uchun bor-yo‘g‘i 70,5 million yevro pul sarflagan. Mazkur mablag‘ “Yuventus”dan Alvaro Moratani qaytarish, shuningdek, “Atletiko Madrid”dan Teo Ernandes, “Betis”dan esa Dani Sebalosni sotib olish uchun sarf etilgan.

Zinedin ishlagan 2,5 yilda “Real” umumiy hisobda 9 ta sovringa ega chiqdi. Bu Zidandan avvalgi 6 murabbiyning 8 yil ichida qo‘lga kiritilgan sovrinlari bilan teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Zidan ishlagan 2,5 yilda transferlar uchun bor-yo‘g‘i 70,5 mln yevro sarfladi