07:02 / 02.06.2018
5 360

OAV: Zidan “Real”ni Ronaldu va Beyl deb tark etdi

ОАВ: Зидан “Реал”ни Роналду ва Бэйл деб тарк этди
“Real” Madridning endilikda sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubni Krishtianu Ronaldu shartnomasini uzaytirishdagi muammo sababli tark etishga qaror qilgan. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Zidanni Ronaldu va Garet Beylning klubdagi kelgusi taqdiri bilan bog‘liq mavhumlik tashvishlantirgan.

Bundan tashqari, Zidan va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida transfer siyosati bo‘yicha ziddiyat yuzaga kelgan. Peres “Atletik” darvozaboni Kepa Arrisabalagani sotib olmoqchi bo‘lgan, Zidan esa klubning amaldagi darvozaboni Keylor Navasni qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, “Real” rahbari Zidanning fikriga zid ravishda Robert Levandovski va Neymar sotib olinishini talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OAV: Zidan “Real”ni Ronaldu va Beyl deb tark etdi