22:53 / 04.06.2018
5 315

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylandi (foto)

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylandi (foto)
Bugun O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha va boshqaruv Milliy agentligi direktori Dmitriy Romanovich Li nomzodi ilgari surildi.

Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan D.Li nomzodini qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa, Dmitriy Li O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.

Federatsiyani 2017 yildan buyon Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov boshqarib kelayotgan edi.

«Bildirilayotgan ishonch uchun rahmat aytaman. O‘zbekistonda shaxmatga oid Prezident qarori bor. O‘zbek shaxmatini qo‘llab-quvvatlash, yordam berish uchun barcha chorani amalga oshiraman. Shaxmat insonning intelektual, mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi», – dedi Dmitriy Li.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylandi (foto)